WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
03 AprelAprelAprel 2024 4 ko'rishlar

Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish-chora-tadbirlari

Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish-chora-tadbirlari

️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-aprel kungi "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish-chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-29/09-sonli qarorida har bir oliy o‘quv yurtlari dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin sheriklik aloqalarini o‘rnatish, mahorat darslarini o‘tkazish, oliy o‘quv yurtlaridan tajribali professor-o‘qituvchilar va olimlarni qamrab olish, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning tajribalarini oshirish vazifasi belgilangan.  Yuqorida qayd etilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali bir qator xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan shartnomalar tuzishga muvaffaq bo‘ldi.

Xususan, joriy yilning 3-4 aprel kunlari oralig‘ida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali direktori, professor Rudakiy Allanbayev, "Musiqa ijrochiligi" kafedrasi professori Hikmat Rajabov va "Umumiy kasbiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi katta o‘qituvchisi Jamil Charshemovlar hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xalqaro aloqalarni kuchaytirish, shuningdek, ilm-fanni rivojlantirish, tajriba almashish va mahorat darslarini o‘tkazish maqsadida, Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida joylashgan T. Sattarov nomidagi Tojikiston milliy konservatoriyasida bo‘lib turibdi.

Boshqa yangiliklar