UrDUda turkiyalik professor ishtirokida Jaloliddin Rumiy ta’limotiga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi
Falsafa kafedrasi tomonidan tashkil etilgan darsda turkiyalik olim Sulaymon Do‘g‘an talabalarga Mavlono Jaloliddin Rumiyning insonparvarlik va axloqiy tarbiya borasidagi qarashlari haqida so‘zlab berdi.
Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Falsafa kafedrasi o‘qituvchisi R.Arziyev tashabbusi bilan Rus tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari uchun "Dinshunoslik" fanidan mahorat darsi tashkil etildi.
Mashg‘ulotga Turkiyadan tashrif buyurgan taniqli olim, professor dr. Sulaymon Do‘g‘an hamda dotsent Sh.Yaxshiboyev mehmon sifatida taklif qilindi. Mahorat darsi davomida professor Sulaymon Do‘g‘an buyuk mutafakkir Mavlono Jaloliddin Rumiyning quyidagi qarashlariga alohida to‘xtaldi:
-
Inson tarbiyasi va ma’naviy kamolot;
-
Rumiy asarlaridagi insonparvarlik va bag‘rikenglik g‘oyalari;
-
Axloqiy tarbiyaning zamonaviy pedagogika bilan uyg‘unligi.
Interaktiv shaklda o‘tgan darsda talabalar mutafakkirning hikmatli so‘zlari va falsafiy ta’limoti yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.