WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
01 MartMartMart 2024 15 ko'rishlar

1-mart – Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavallud topgan kun

1-mart – Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavallud topgan kun

Atoqli, oʻzbek shoirasi Zulfiya 1915-yilning 1-martida Toshkent shahrida tugʻilgan. Shoira umr boʻyi jurnalistika hamda nashriyot sohasida ishladi. U 1938-1948-yillarda “Bolalar” nashriyoti muharriri, Oʻzbekiston davlat nashriyoti boʻlim mudiri, 1953-yilgacha “Saodat” jurnalida boʻlim mudiri, 1953-yildan to 1980-yilga qadar – salkam oʻttiz yil davomida shu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab keldi.
Yirik oʻzbek shoiri Hamid Olimjonning turmush oʻrtogʻi, nafis sheʼriyati bilan millionlab qalblarni maftun etgan shoira 1996-yilning 1-avgustida vafot etdi. Sheʼriyat malikasining hayot yoʻli barcha zamonlar avlodi uchun ham chinakam sadoqat va vafo timsoli boʻlib qolaveradi.
Olimamizning «Bahor», «Bahor keldi seni sòroqlab» va boshqa kòplab she’rlarini she’riyat ihlosmandlari tomonidan sevib o’qiladi.

Boshqa yangiliklar