#QoquonDU #OtaOnalarHamkorligi
Qo‘qon davlat universiteti Tabiiy fanlar va iqtisodiyot hamda Boshlang‘ich va texnologik ta’lim fakultetlarida birinchi kursga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan “Men farzandim kelajagiga befarq emasman” mavzusida uchrashuvlar o‘tkazildi.
Tadbirda universitetning birinchi prorektori Ahmadjon Husanov, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, profilaktika inspektori va yangi o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan yoshlarning ota-onalari ishtirok etdi.
Suhbat davomida talabalarning ta’lim olishi, tarbiyaviy jarayonlar, ilmiy va ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Ota-onalar o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirib, farzandlarining bilimli va yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishida universitet jamoasi bilan hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.