WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
15 AvgustAvgustAvgust 2025 61 ko'rishlar

Qo‘qon davlat universiteti — Respublikada eng samarali “Registrator ofisi”ga ega.

Oliy ta’lim tizimida “Registrator ofisi” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha olib borilgan respublika miqyosidagi o‘rganishlar Qo‘qon davlat universitetining ushbu yo‘nalishda yetakchi ekanini tasdiqladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 10-iyuldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari ‘Registrator ofisi’ faoliyati samaradorligini oshirish to‘g‘risida”*gi 130-xdfu-son buyrug‘iga asosan, 2025-yil 12–18-iyul kunlari respublika oliy ta’lim muassasalaridagi “Registrator ofisi” faoliyati ishchi guruh tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, Qo‘qon davlat universitetining “Registrator ofisi” mamlakat miqyosida eng samarali faoliyat yurituvchi ofis sifatida e’tirof etildi.

Mutaxassislar bu yutuqni universitet rahbariyati tomonidan yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, talabalarga ko‘rsatilayotgan sifatli xizmatlar, ish jarayonlarining to‘liq raqamlashtirilishi hamda kuchli moddiy-texnik baza bilan bog‘lashmoqda.

Qo‘qon davlat universiteti “Registrator ofisi” oliy ta’lim tizimida ilg‘or boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, talabalar va professor-o‘qituvchilarga tezkor hamda shaffof xizmat ko‘rsatish, akademik jarayonlarni raqamlashtirish borasida yetakchi sifatida tanildi

Boshqa yangiliklar