Qo‘shma ta’lim dasturlari kengayadi.
Qo‘qon davlat pedagogika institutida zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, xorijiy hamkorlar bilan yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlari yoshlarning xorijda bilim olishi uchun katta imkoniyat bermoqda.
Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarini yanada kuchaytirgan holda “Top-500”ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda yangi dasturlarni yo‘lga qo‘yish muhim vazifalardan hisoblanadi. Ana shu maqsad yo‘lida bugun Chexiya Respublikasi Praga shahrida joylashgan Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda institut Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Nigora Qodirova boshchiligidagi bo‘lim boshliqlari, Yevropa amaliy fanlar va menejment institutidan Xolnazar Omonov ishtirok etdilar. O‘tkazilgan uchrashuvda tomonlar kelgusida qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlikda mutaxassislar tayyorlash borasidagi takliflar va kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni muhokama qildilar.
Qo‘shma dasturning afzalligi yoshlarga ikki tomonlama diplom taqdim qilib, kelajakda faqatgina O‘zbekistonda emas, balki boshqa xorijiy davlatlarda ham ishlash imkoniyatini beradi.