O‘zbekiston–Turkiya IV rektorlar forumi: UrDU va Ataturk universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
Buxoroda o‘tayotgan O‘zbekiston–Turkiya IV rektorlar forumida Urganch davlat universiteti va Turkiyaning Ataturk universiteti o‘rtasida o‘quv hamda ilmiy sohalarda hamkorlik bitimi imzolandi.
Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston–Turkiya IV rektorlar forumining ikkinchi kuni samarali muzokaralar bilan davom etmoqda. Forum doirasida Urganch davlat universiteti rektori, professor Feruza Madrahimova Turkiyaning Ataturk universiteti rektori, professor Ahmet Hacimüftüoğlu bilan uchrashdi. Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish va ilmiy sohalarda aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan rasmiy hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ayni paytda forumning yakuniy natijalariga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.