WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
20 AprelAprelAprel 2024 59 ko'rishlar

“Islohotlarga daxldorman!” — har bir yoshda daxldorlik hissini oshirishga xizmat qildi

Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda o‘tkazilgan “Islohotlarga daxldorman!” targ‘ibot aksiyasi yakunlandi.

Aytish kerak, 4 kun davomida tashkil etilgan loyihaning qamrovi kun sayin oshib bordi. Hududlardagi oliy ta’lim muassalari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar, maktablar, mahallar, harbiy qismlar, turli zavodlar va boshqa muassasalarda tashkil etilgan 200 dan ziyod tadbirlarda 30 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirlar davomida aholi, ayniqsa, yoshlarga targ‘ibot guruhlari tomonidan “tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar mazmun-mohiyati haqida foydali ma’lumotlar berildi, turli interaktiv o‘yinlar va viktorinalar tashkil etilib, aksiya ishtirokchilarining huquqiy bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Shuningdek, yoshlarga Vatan taraqqiyotiga daxldorlik hissi va ijtimoiy faollikni oshirish, maqsadlarini to‘g‘ri belgilash, bilim olishga, malakali kadrlar sifatida shakllanishga intilish borasida zarur tavsiyalar berildi.

Tadbirlar davomida yoshlar islohotlar mazmun-mohiyati, berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar, bandlik, oliy ta’lim, tashqi migratsiya, oʻz-oʻzini band qilish hamda tadbirkorlikni yoʻlga qo‘yish borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Boshqa yangiliklar