UrDUda xorijiy talabalarni o'qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayonlari o'tkazilmoqda
Urganch davlat universitetida 2026–2027-o‘quv yili uchun xorijiy abituriyentlarni bakalavriat va magistraturaga qabul qilish bo'yicha onlayn hamda oflayn suhbatlar tashkil etildi.
Urganch davlat universitetida 2026–2027-o‘quv yili uchun xorijiy fuqarolardan bakalavriat hamda magistratura ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar bilan suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Qulaylik yaratish maqsadida suhbatlar oflayn va onlayn formatda o'tkazilib, unda Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Pokiston, Bangladesh, Rossiya, Ozarbayjon, Sudan va AQShdan kelgan abituriyentlar qatnashdilar. Suhbat davomida ularning kasbiy maqsadlari, til bilish darajasi, mantiqiy fikrlashi va kommunikativ ko‘nikmalari baholandi. Natijalar abituriyentlarning elektron pochtalariga yuboriladi.