27 AprelAprelAprel 2026
12 ko'rishlar
TISU talabalari uchun AMERIKADA amaliyot dasturi!
TISU talabalari uchun AMERIKADA amaliyot dasturi!
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti AQShning Missouri State University bilan hamkorlikda xalqaro yetakchilik amaliyot dasturini tashkil etmoqda.
Agar siz ingliz tili, professional muloqot va yetakchilik ko‘nikmalaringizni rivojlantirishni istasangiz — ushbu dastur aynan siz uchun!
Manzil: AQSH, Missouri State University
Dastur davomida siz:
- 80 soatlik intensiv ingliz tili muhitida ta’lim olasiz;
- Yetakchilik va professional muloqot bo‘yicha treninglarda qatnashasiz;
- Xalqaro talabalar va kampus yetakchilari bilan networking imkoniyatiga ega bo‘lasiz;
- Amerika universitet muhiti va madaniy hayotini yaqindan o‘rganasiz;
- Missuri shtati bo‘ylab ekskursiyalarda ishtirok etasiz;
Dastur afzalliklari:
- Xalqaro tajriba orttirish;
- Ingliz tilini amaliyotda rivojlantirish;
- Global fikrlash va madaniyatlararo kompetensiyani oshirish;
- CV va portfolioni xalqaro sertifikat bilan boyitish;
- Yetakchilik qobiliyatlarini real muhitda sinab ko‘rish;