WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
20 FevralFevralFevral 2026 28 ko'rishlar

XALQARO JURNAL BO‘YICHA WORKSHOP

2026-yil 9–10-fevral kunlari Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Workshop Jurnal Internasional” mavzusida xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir ilmiy jurnallarni professional, shaffof va xalqaro standartlar asosida tashkil etish hamda yuritish masalalariga bag‘ishlandi. Workshop universitetning ilmiy nashrlar faoliyatini rivojlantirish, xususan, yangi ilmiy jurnal tashkil etish va uni xalqaro talablar darajasiga olib chiqish bo‘yicha muhim tajriba almashish maydoniga aylandi. Tadbir davomida ilmiy jurnallarni boshqarish, ISSN bilan ishlash, nashr jarayonlarini tizimli yo‘lga qo‘yish, maqolalarni tahrirlash va xalqaro talablarga moslashtirish masalalari muhokama qilindi. Ushbu xalqaro hamkorlik doirasidagi uchrashuv ilmiy nashrlar sifatini oshirish, ilmiy maqolalar nufuzini kuchaytirish hamda universitetning xalqaro ilmiy maydondagi obro‘sini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Shuningdek, hamkorlar tomonidan universitet vakillariga sertifikatlar topshirildi va kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur workshop doirasida “Advances in Philology and Literary Studies Journal” ilmiy jurnali bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanib, kelgusida qo‘shma loyihalar va ilmiy nashrlar tayyorlash bo‘yicha rejalar belgilab olindi. Chirchiq davlat pedagogika universiteti ilm-fan va ilmiy nashrlar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilmiy salohiyatni oshirish va global akademik hamjamiyat bilan integratsiyani kuchaytirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettiradi.

Boshqa yangiliklar