21 AvgustAvgustAvgust 2026
13 ko'rishlar
UrDUda Xalqaro yozgi maktab dasturi yakunlandi
Urganch davlat universitetida 17–21-avgust kunlari Germaniya va O'zbekiston OTM vakillari ishtirokida o'tkazilgan Xalqaro yozgi maktab dasturi o'z nihoyasiga yetdi.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Xorijiy filologiya fakulteti tashabbusi bilan “Ta’lim va ilm-fan uchun birgalikda yangi istiqbollar yaratish” mavzusidagi 5 kunlik Xalqaro yozgi maktab tashkil etildi. Dasturda Germaniyaning Myunster va Vuppertal universitetlari professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekiston yetakchi OTMlari vakillari sun’iy intellekt, tarjima, PhD ta'limi va zamonaviy ta’lim metodlari bo‘yicha seminarlar o‘tkazishdi. Yakuniy marosimda faol qatnashchilar va tashkilotchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.