WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
22 FevralFevralFevral 2026 9 ko'rishlar

UrDUda STEM ta’limi bo‘yicha xalqaro seminar-trening o‘tkazildi

Urganch davlat universitetida Amerika xalqaro ta’lim kengashi bilan hamkorlikda kam xarajatli materiallar yordamida STEM fanlarini o‘qitishning innovatsion metodlariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

2026-yil 21-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Hands-On STEM with Low-Cost Materials” mavzusida xalqaro seminar-trening tashkil etildi. Tadbir Amerika xalqaro ta’lim kengashi hamda universitet hamkorligida amalga oshirildi.

Seminarni Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov ochib berib, bugungi ta’limda STEM yo‘nalishining ustuvorligini ta’kidladi. Trening “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti F.Masharipova moderatorligida olib borildi. Tadbirda asosiy ma’ruzachilar sifatida xalqaro dasturlar bitiruvchilari qatnashdilar:

  • M.Kuronbayeva – AQSh hukumatining “Access” dasturi bitiruvchisi;

  • N.Hamrayeva, D.Qoʻchqorova va O.Jumaniyazova – “Fulbright TEA” dasturi bitiruvchilari.

Seminar-treningda fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) fanlarini o‘qitishda innovatsion va interfaol metodlardan foydalanishga alohida e’tibor qaratildi. Amaliy mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, hamkorlikda ishlash, muammolarni hal qilish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirdilar.


Boshqa yangiliklar