OSIYO XALQARO UNIVERSITETIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI!
Osiyo Xalqaro Universitetida “Zamonaviy va sifatli ta’lim – taraqqiyot negizidir” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Osiyo Xalqaro Universitetida “Zamonaviy va sifatli ta’lim – taraqqiyot negizidir” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Polsha, Turkiya, Angliya, Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan tashrif buyurgan 10 dan ortiq xalqaro olimlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi:
✅ Ta’limdagi global tendensiyalar
✅ Innovatsion yondashuvlar
✅ Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar
✅ Mehnat bozoriga mos ta’lim tizimi
Tadbir doirasida xalqaro tajribalar bilan o‘rtoqlashilib, zamonaviy o‘quv dasturlarini amaliyot bilan bog‘lash, ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Universitet rektori S.S. Dexkanov anjumanni ochib berar ekan, bu kabi uchrashuvlar ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun muhim maydon ekanini ta’kidladi.
U barcha qatnashchilarga — olimlar, mutaxassislar va yosh tadqiqotchilarga ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi.