Xalqaro reyting
Toshkent davlat transport universiteti – QS World University Rankings reytingining TOP-1200 oliy ta’lim muassasalari qatorida!
Bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, oliygohlarimizning nufuzli jahon ta’lim maydoniga integratsiyalashuvini ta’minlash hamda xalqaro reytinglarda munosib o‘rin egallashiga davlat miqyosida alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Toshkent davlat transport universiteti dunyodagi eng nufuzli xalqaro reytinglardan biri hisoblangan “QS World University Rankings 2027” ro‘yxatidan yana bir bor munosib o‘rin olib, 1201+ o‘z pozitsiyasini barqaror saqlab qoldi.
Ushbu yutuq universitetda ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy ifodasidir. E’tiborlisi shundaki, joriy yilgi natijalarga ko‘ra, universitetning “Fakultet va talaba nisbati” (Faculty-Student ratio) indikatori bo‘yicha ko‘rsatkichlari sezilarli darajada o‘sishga erishdi. Xususan, mazkur yo‘nalishda oliygohimiz “QS WUR 2026” reytingidagi 740-o‘rindan “QS WUR 2027” reytingida 694-o‘ringa ko‘tarilib, o‘z ko‘rsatkichini 46 pog‘onaga yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi.
Mazkur yuksak e’tirofga erishish yo‘lida o‘zining munosib hissasini qo‘shgan universitetimizning barcha professor-o‘qituvchilari, fidoyi xodimlari, iqtidorli talabalari hamda yaqin hamkorlariga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Universitet jamoasi kelgusida xalqaro maydondagi o‘rnini yanada mustahkamlash va bundan-da yuqori marralarni zabt etish yo‘lida o‘z faoliyatini izchil davom ettiradi.