10 IyunIyunIyun 2026
6 ko'rishlar
Xalqaro mobillik: Malayziyalik talabalar UrDUda tahsil olishmoqda
Malayziya Xalqaro Islom universiteti talabalari akademik mobillik doirasida UrDU Xorijiy filologiya fakultetida bir semestr davomida bilim olishmoqda.
Xalqaro mobillik dasturi doirasida Malayziyaning Xalqaro Islom universitetidan kelgan bir guruh talabalar UrDUda o‘qishni boshladilar. Hozirda ular Xorijiy filologiya fakulteti “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasida tarjimashunoslik, amaliy tarjima va adabiyot kabi fanlardan saboq olishmoqda. Xususan, dotsent M.Nazarov tomonidan o‘tkazilgan interaktiv darslar va jonli muhokamalar xorijlik talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan boyitishga xizmat qilmoqda.