WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
29 AvgustAvgustAvgust 2026 24 ko'rishlar

Xalqaro matematika konferensiyasi o‘z ishini yakunladi

Urganch davlat universitetida 24–28-avgust kunlari “Diofant yaqinlashtirishlari va tutash masalalar” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini yakunladi. Konferensiya doirasida dunyoning 13 ta davlatidan olim va mutaxassislar ishtirok etdi.

Urganch davlat universitetida 24–28-avgust kunlari “Diofant yaqinlashtirishlari va tutash masalalar” mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy konferensiyaning yopilish marosimi tashkil etildi.

Tadbirda universitet rektori Feruza Madrahimova ishtirok etib, konferensiya qatnashchilariga minnatdorchilik bildirdi. Rektor xalqaro ilmiy konferensiyaning yuqori saviyada o‘tkazilgani, unda dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi olim va mutaxassislar ishtirok etgani muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, kelgusida yangi ilmiy loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi.

Yopilish marosimi davomida konferensiyada faol ishtirok etgan olim va mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur nufuzli xalqaro ilmiy konferensiyada dunyoning 13 ta davlatidan 27 ta universitet va ilmiy-tadqiqot muassasasi vakillari, jumladan, 37 nafar xorijiy olim va mutaxassis ishtirok etdi.

Boshqa yangiliklar