WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
23 FevralFevralFevral 2026 7 ko'rishlar

KF–Eschhol loyihasi doirasida xalqaro masofaviy mashg‘ulotlar izchil davom etmoqda

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish hamda xorijiy tajribalarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish maqsadida KF–Eschhol loyihasi doirasidagi bahorgi mashg‘ulotlar tizimli ravishda olib borilmoqda.

Loyiha doirasida Koreys tili yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun “Og‘zaki nutq” fanidan masofaviy ma’ruza mashg‘ulotlari Koreya Respublikasining Yongnam universiteti professori Lee Mihyang tomonidan tashkil etilmoqda. Mashg‘ulotlar jarayonida talabalar til va madaniyatning o‘zaro uzviyligi, raqamlashtirish davrida madaniy kontentlarning til rivojiga ta’siri, til birliklaridan to‘g‘ri foydalanish mezonlari hamda tillararo o‘xshash va farqli iboralarni qiyosiy tahlil qilish kabi muhim nazariy va amaliy yo‘nalishlarda bilimlarini mustahkamlab bormoqda. Shuningdek, talabalar tomonidan ona tilida misollar keltirish va ularni lingvistik tahlil qilish orqali mavzular amaliy jihatdan boyitilmoqda. Mashg‘ulotlar davomida institutning Koreys tili o‘qituvchisi N.Xo‘janazarova mavzularni batafsil sharhlab, talabalarning amaliy topshiriqlarini muhokama asosida tahlil qilmoqda hamda dars jarayonlarini interaktiv muzokara shaklida olib bormoqda. Mazkur xalqaro masofaviy mashg‘ulotlar talabalarning lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish, madaniyatlararo kommunikatsiya ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Boshqa yangiliklar