WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
19 AprelAprelAprel 2026 6 ko'rishlar

Xalqaro hamkorlik: USAT delegatsiyasi Qozog‘istonda talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun ochiq darslar tashkil etdi 🎓

Fan va texnologiyalar universiteti delegatsiyasining Qozog‘istonga tashrifi o‘ta sermazmun davom etdi. Konferensiya doirasida vakillarimiz tomonidan talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun maxsus ochiq darslar tashkil etildi.

Jumladan:
Gaibnazarova Zumrat Talatovna — “Iqtisodiyot”, “Hisob va audit” hamda “Davlat va mahalliy boshqaruv” yo‘nalishlarida zamonaviy boshqaruv tamoyillari bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Abdullaeva Nilufarxon Muxamadjanovna — “Pedagogika va psixologiya”, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” yo‘nalishidagi bakalavr va magistrantlar uchun dars o‘tdilar.
Rsaliev Arman Turdibekovich — “Xorijiy til: ikki xorijiy til” va “Ingliz tili (IP)” yo‘nalishlarida zamonaviy filologik yondashuvlar mavzusida ma’ruzalar qildilar.

Ushbu darslar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. ✨
Biz nafaqat o‘rganamiz, balki o‘z bilimlarimizni xalqaro maydonda ulashamiz!

Boshqa yangiliklar