WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
17 FevralFevralFevral 2026 14 ko'rishlar

Ozarbayjon texnika universiteti bilan xalqaro hamkorlik aloqalari

Ozarbayjon texnika universiteti bilan xalqaro hamkorlik aloqalari

Namangan davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari Ozarbayjon Respublikasi Ozarbayjon texnika universitetiga xizmat safari bilan tashrif buyurdi.

Namangan davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida Ozarbayjon texnika universitetiga xizmat safari bilan tashrif buyurdi. Tashrif doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va innovatsion yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xizmat safari tarkibida “Mexanika muhandisligi” kafedrasi mudiri Saidmaxamadov Nosir Muysinaliyevich, kafedra professori Kenjaboyev Shukurjon Sharipovich hamda dotsent Nishanov Botirjon Muhammadjonovichlar ishtirok etishmoqda. Delegatsiya vakillari Ozarbayjon texnika universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Subhan Namazov, shuningdek “Mashinasozlik va Metallurgiya” fakulteti dekani hamda “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi mudiri va kafedra professor o‘qituvchilari bilan rasmiy uchrashuvlar o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini tayyorlash va grantlarda birgalikda ishtirok etish, professor-o‘qituvchilarga malaka oshirishlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Boshqa yangiliklar