Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining xalqaro hamkorlik aloqalari
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti bugungi kunda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim va ilmiy faoliyat sifatini oshirish maqsadida dunyoning qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining xalqaro hamkorlik aloqalari
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti bugungi kunda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim va ilmiy faoliyat sifatini oshirish maqsadida dunyoning qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Hozirgi kunda institut 13 ta davlatdagi 32 ta oliy ta’lim muassasasi va xalqaro tashkilot bilan hamkorlik shartnomalariga ega. Jumladan:
Germaniya – 5 ta (Kyoln universiteti, Boxumdagi Rur universiteti, Gutenberg universiteti Mainz, ERFURT Bildungszentrum gGmbH va boshqa hamkorlar);
Janubiy Koreya – 4 ta (Kyungdong universiteti, ASSIT universiteti, Sunchon National universiteti, Chodang universiteti);
Rossiya – 4 ta (Ryazan davlat universiteti, Udmurt davlat universiteti, Petrozavodsk davlat universiteti, A.S. Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti);
Italiya – 3 ta (Piza universiteti, Perugia universiteti, The University Institute for Modern Languages (Milan));
Turkiya – 2 ta (EGE universiteti, Chukurova universiteti);
Polsha – 2 ta (Nysa universiteti, Powislanska Academy of Applied Sciences);
Jazoir – 2 ta (Al-vadiy universiteti, University of Tipaza);
Qirg‘iziston – 1 ta (Osh davlat universiteti);
Chexiya – 1 ta (Ostrava universiteti);
Armaniston – 1 ta (Armaniya davlat iqtisodiyot universiteti);
Buyuk Britaniya – 1 ta (Norvich universiteti);
Serbiya – 1 ta (Nis universiteti);
Qozog‘iston – 1 ta (Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti);
Fransiya – 1 ta (Frankofonia tashkiloti);
Yaponiya – 1 ta (Kosaido Business Support Co.).
Mazkur hamkorliklar doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvi, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari, malaka oshirish va stajirovkalar, xalqaro konferensiyalar, seminar va treninglar tashkil etish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro grant loyihalarida ishtirok etish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratilgan.
Institut xalqaro hamkorlik geografiyasini muntazam kengaytirib borish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan strategik sheriklikni mustahkamlash hamda ta’limning xalqaro standartlarga mos rivojlanishini ta’minlash yo‘lida izchil ish olib bormoqda.