WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
16 MartMartMart 2026 29 ko'rishlar

Dushanbeda xalqaro hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi.

Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi doirasida ikki mamlakat universitetlari o‘rtasida keng qamrovli hamkorlikni nazarda tutuvchi qator hujjatlar imzolandi. Mazkur forumda Buxoro davlat texnika universiteti bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamladi.

 

 

Jumladan quyidagi oliy ta’lim muassasalari bilan ham hamkorlik memorandumlari imzolandi:
🔹 Akademik M.S. Osimi nomidagi Tojikiston davlat texnika universitetining Xo‘jand shahridagi Politexnika instituti
🔹Tojikiston davlat politexnika instituti (akademik M.S. Osimi nomidagi)
🔹 Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti
🔹 Mazkur universitet huzuridagi “Respublika turizm va xizmat sohasi xodimlari malakasini oshirish markazi”
🔹 Universitet tarkibidagi Levakant xalqaro instituti
🔹 Universitet tarkibidagi Dangara xalqaro instituti
🔹 Abduabdulloh Rudakiy nomidagi Kulob davlat universiteti
🔹 Tojikiston Innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar universiteti

Mazkur memorandumlar ikki tomonlama akademik hamkorlikni rivojlantirish, oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion faoliyat sohasida aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Memorandum doirasida:
➖talabalar, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi;
➖ qo‘shma ta’lim va ilmiy dasturlarni tashkil etish;
➖ ilmiy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar o‘tkazish;
➖ qo‘shma ilmiy maqolalar tayyorlash hamda xalqaro ilmiy loyihalarda hamkorlik qilish kabi yo‘nalishlar nazarda tutilgan.

Ushbu kelishuvlar ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar