WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
23 SentabrSentabrSentabr 2024 28 ko'rishlar

Xalqaro hamkorlik

Bugun Termiz davlat pedagogika institutiga Qozon Federal universiteti Elabuga instituti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Ayni payt ikki oliygoh hamkorligida amalga oshiriladigan qo’shma dasturlar muhokamasi boshlandi.

Xabar berganimizdek, bugun Termiz davlat pedagogika institutiga Qozon Federal universiteti Elabuga instituti delegatsiya vakillari: O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Irina Petrovna hamda xorijlik talabalarni qabul qilish va xizmat ko‘rsatish bo‘limi rahbari Olesya Oshkina tashrif buyurdi.

Dastlab, ikki oliygoh o‘rtasida olib borilayotgan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish va professor-o‘qituvchilarni ma’ruza mashg‘ulotlariga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, delegatsiya vakillari "Ona tili va adabiyoti: rus tili" yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturi imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan magistrantlar bilan uchrashishdi va ularga Qozon Federal universiteti Elabuga instituti hamda mazkur dasturda o‘qishning afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.

Boshqa yangiliklar