📚 Axborot-resurs markazi — yosh sportchilar uchun bilim va rivojlanish maskani
🏛 Davlat sport akademiyasi Axborot-resurs markazida yosh sportchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
🏛 Davlat sport akademiyasi Axborot-resurs markazida yosh sportchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular bu yerda muntazam ravishda mavjud adabiyotlarni o‘rganadi, ilmiy va sportga oid ma’lumotlarni monitoring qiladi hamda o‘z bilimlarini mustahkamlab boradi.
🌐 Markazda intizom va tartibga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, bu muhit yoshlarning nafaqat bilim olishiga, balki madaniy hordiq chiqarishi va ruhiy dam olishi uchun ham qulay imkoniyat yaratadi.
✅ Davlat sport akademiyasi rektori Ilhomjon Tursunaliyev tomonidan yosh sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi va sportdagi natijalarini yanada oshirish uchun zarur sharoitlar yaratib berilgan.
🔗 Yoshlar ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanib, doimiy ravishda markazga tashrif buyuradi va o‘z ustida ishlashga intiladi.
💯 Mazkur Axborot-resurs markazi yoshlarning bilimini kengaytirish, intellektual salohiyatini oshirish hamda ularni sog‘lom va barkamol avlod sifatida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.