#Mustaqillik_35 #Eʻtirof
Торжественно вручены памятные знаки
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, oliy ta’lim sohasi vakillari ham yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Taqdirlanganlar orasida Qo‘qon davlat universitetida samarali faoliyat yuritayotgan soha vakillari ham bor.
Universitetda bo‘lib o‘tgan tadbirda ularga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari topshirildi.
Tadbirda rektor Dilnoza Xodjayeva mamlakatimizning mustaqillik yillarida bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li, yurtimizda inson qadri va manfaatlarini ta’minlash, turli sohalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtaldi.
Ta’kidlanganidek, mazkur esdalik nishoni bilan taqdirlanish — yurt ravnaqi yoʻlidaga qo‘shilayotgan munosib hissaga berilgan yuksak e’tirofdir.