Xitoy bilan hamkorlikda talabalar uchun binar dars tashkil etildi
Xitoy bilan hamkorlikda talabalar uchun binar dars tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi hamda Xitoyning Janubiy-Markaziy Minzu universiteti bilan hamkorlikda navbatdagi binar dars tashkil etildi.
Onlayn va oflayn formatda o‘tkazilgan tadbirda Janubiy-Markaziy Minzu universiteti professori Gao Jin “Bir kamar, bir yo‘l: Markaziy Osiyo va global integratsiya” mavzusida talabalarga ma’ruza qildi.
Maʼruza davomida Markaziy Osiyo davlatlarining xalqaro savdoda tutgan oʻrni, globallashuv sharoitida Oʻzbekistonning roli va mamlakatlar oʻrtasida hamkorlikda tashkil etiladigan loyihalar va dasturlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Yakunda talabalar mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.