Bayram tabrigi
Qadrli yurtdoshlar!
Butun islom olami qatorida din-u diyonatli, eʼtiqodi mustahkam xalqimiz katta intiqlik bilan kutib olayotgan muborak Qurbon hayiti bilan sizlarni, barcha musulmon ummatlarini chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Koʻhna tariximiz davomida yurtimizning maʼnaviy hayotida beqiyos oʻrin egallab, jamiyatimizda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va bagʻrikenglik tamoyillarini har tomonlama barqaror etib kelayotgan bu qutlugʻ bayram barchamizga muborak boʻlsin!
Ushbu muqaddas ayyomda sizlarga, butun el-yurtimizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt-u saodat tilayman. Bunday ulug‘ ayyomlar sharofatidan jonajon Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi, birdamligi va hamjihatligi yanada mustahkam bo‘lsin!
Ahli xonadonlarimizga totuvlik, baraka, fayz-u tarovat ato etsin!
Yurtimizga tinchlik, xalqimizga omonlik bersin. Yana bir bor muqaddas Qurbon hayiti bayramingiz muborak bo'lsin!
Azizbek Xasanov
Termiz davlat pedagogika instituti rektori