WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
01 SentabrSentabrSentabr 2023 16 ko'rishlar

Direktor tabrigi

Аssalomu alaykum, aziz vatanimizning qadrli insonlari!

Bugun yurtimizda ulugʼ bayram, katta tantana. Koʼpmillatli Oʼzbekiston xalqi jonajon Vatanimiz istiqlolining shonli oʼttiz ikki yillik toʼyini zoʼr shodu xurramlik bilan nishonlamoqda. Inson uluǵlanyotgan mamlakatimizda bu yilgi mustaqillik shiyori: «Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!» dep belgilanishi ham bejizga emas, albatta. Chunki har bir islohot har bir o’zgarish xalqimizning, qolaversa har bir insonning hayotiga yangilik kiritish, turmushini yengillashtirish uchun amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz va xalqimiz hayotida keyingi besh yil hech oʻylab koʻrilmagan, xayolga keltirilmagan yangiliklarga boy boʻldi. Aynan shu davrda mamlakatimiz iqtisodiyotida, madaniyati va maʼnaviyatida, ijtimoiy-siyosiy hayotida, turmush tarzida, dunyoqarashiyu, tafakkurida demokratik oʻzgarishlar yuz berdi. Taʼlim tizimida, jumladan, oliy taʼlimda amalga oshirilgan islohotlar natijasida yuz bergan oʻzgarishlar ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va maʼnaviy jihatdan katta tarixiy ahamiyatga ega. Amalga oshirilgan islohotlar nafaqat mamlakatimizda katta ijobiy oʻzgarishlarga olib keldi, hatto xalqaro maydonda ham mamlakatimiz obroʻ-etiborini yangi bosqichga olib chiqdi. Bu borada qator meyoriy hu’jjatlar qabul qilindi. Zamonaviy ilim-fan va ishlab chiqarish tomonidan ilgari surilgan barcha masalalarni amalga oshirish uchun oliy oʻquv yurtlarida barcha shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilmoqda.
Aziz vatandoshlar!
Bayram munosabati bilan yana bir bor barchangizni qutlayman va chin qalbimdan samimiiy va eng ezgu tilaklarimni tilayman.
Mustaqillik bayrami barchamizga muborak bo’lsin!

Hurmat bilan,
Nukus konchilik instituti direktori
t.f.d., professor A.Kaipbergenov

Boshqa yangiliklar