WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
28 IyulIyulIyul 2025 16 ko'rishlar

"BITIRUVCHI — 2025"

Bitiruv kechasi qanday bo'lib o'tdi? O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini 2024/2025-o‘quv yilida tamomlayotgan bitiruvchilarning tantanali Bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi.

"BITIRUVCHI — 2025"

 

Bitiruv kechasi qanday bo'lib o'tdi?

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini 2024/2025-o‘quv yilida tamomlayotgan bitiruvchilarning tantanali Bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o’quv yilida O’zJOKUni jami 632 nafar talaba, shundan 594 nafar bakalavriatning 10 ta yo'nalishi hamda 38 nafar talaba magistratura bosqichining 10 ta mutaxasisligi bo'yicha tahsilni muvaffaqiyatli yakunlashdi.

Bitiruv kechasi bu nafaqat talabalik hayotining tugashi, balki mustaqil hayot sari qo‘yilgan ilk jiddiy qadamdir. Shuning uchun ham bu kun har bir bitiruvchi uchun unutilmas kun, hayajon va faxr bayrami sanaladi.

Ushbu Bitiruv oqshomi O’ZJOKUning an’anaviy bayramlaridan biri bo‘lib, bu yilgi tadbir o’zgacha tantanavor ruhda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Unda bitiruvchi talabalar, ularning ota-onalari, ustoz-murabbiylar va professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etdi.

Bayram davomida bitiruvchi talabalarga diplomlar O’zJOKU rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Sherzodxon Qudratxo’ja tomonidan tantanali topshirildi. Undan so’ng tadbir yoshlarning sevimli kuy-qo’shiqlari va raqslariga ulandi.

Boshqa yangiliklar