UrDUda germaniyalik ekspert ishtirokida sun’iy intellekt bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Xorijiy filologiya fakultetida germaniyalik mutaxassis Renate Simonayt o‘qituvchilar uchun sun’iy intellektni ta’limga joriy etish va raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha trening o‘tkazdi.
Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Roman-german filologiyasi kafedrasida dolzarb mavzuga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda germaniyalik ekspert, sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassis Renate Simonayt ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.
Trening davomida professor-o‘qituvchilarga quyidagi masalalar yuzasidan ma’lumot berildi:
-
Sun’iy intellektning zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni va istiqbollari;
-
Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt vositalaridan dars jarayonida samarali foydalanish;
-
O‘qitishning innovatsion va interaktiv yondashuvlari.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar turli KI (AI) vositalari bilan amaliy tarzda ishlab, o‘zlarining raqamli ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar. Ushbu tadbir universitetda ta’lim sifatini zamonaviy texnologiyalar yordamida oshirishga xizmat qiladi.