“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” gala-konserti.
Joriy yilning 3-iyul kuni Qo‘qon shahridagi “Yoshlar” bog‘ida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi yirik madaniy-ma’rifiy tadbir – gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan yoshlarda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishni ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Kechada Qo‘qon davlat universiteti jamoasi – professor-o‘qituvchilar va talabalar faol ishtirok etdi. Ular tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari, badiiy ko‘rinishlar, hamda tashkiliy ko‘mak tadbirga o‘zgacha fayz kiritdi.
Tadbir davomida sovg‘ali viktorina o‘tkazilib, faol yosh ishtirokchilarga kitoblar sovg‘a qilindi.
Tadbirning faxrli mehmoni sifatida o‘zbek estradasining afsonasi Botir Zokirovning o‘g‘li, taniqli prodyuser va rejissyor Bahodir Zokirov tashrif buyurdi.