“From IELTS to International Degrees: Pathways to Study Abroad” seminari bo‘lib o‘tdi.
2026-yil 28-fevral kuni Osiyo Xalqaro Universitetida “From IELTS to International Degrees: Pathways to Study Abroad” mavzusida seminar tashkil etildi.
🎓 Seminarda O‘zbekiston Respublikasida keng tanilgan IELTS mutaxassisi, British Council Uzbekistan Imtihonlar biznesi bo‘limi rahbari Gofurjon Tadjiboev faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi.
✨ Tadbir davomida ingliz tili sertifikatlarining xalqaro ta’lim tizimidagi o‘rni, IELTS sertifikatining xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirishdagi ahamiyati hamda tayyorgarlik jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🖋 Shuningdek, ishtirokchilarga xorijda ta’lim olish imkoniyatlari va xalqaro darajadagi diplom sari bosqichma-bosqich yo‘l xaritasi tushuntirildi.
🌟 Seminar abituriyentlar va talabalar uchun mazmunli va foydali tarzda o‘tdi.