WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
04 AprelAprelAprel 2025 10 ko'rishlar

"Yashil tarbiyadan yashil ixtirolargacha: yashil taraqqiyotda ayollarning o‘rni"

Buxoro davlat texnika universitetida "Yashil oila" umummilliy harakati doirasida "Yashil tarbiyadan yashil ixtirolargacha: yashil taraqqiyotda ayollarning o‘rni" mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi

Ilmiy-amaliy seminarga Bosh vazir o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Mahkamova, Buxoro viloyati hokimining o’rinbosari Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Xafiza Artikova tashrif buyurdi.

🔹Dastlab mehmonlar oliygohda tashkil etilgan ilg‘or muhandislik maktabida amalga oshirilayotgan sanoat chiqindilarini qayta ishlash hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda 1-bino fayesida tashkil etilgan yashil iqtisodiyot va muqobil energetika mavzusiga oid ilmiy-innovatsion loyihalar bilan tanishdilar.

Bosh vazir o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Mahkamova boshchiligida, jahon podiumlarida ishtirok etgan, shu bilan birga, nomli stipendiyalar sohibi bo‘lgan talaba qizlar bilan qiziqarli suhbat bo‘lib o‘tdi. 

🔹Suhbat davomida, talaba qizlar o‘zlarining muvaffaqiyatlari, xalqaro musobaqalarda erishgan yutuqlari va kelajakdagi maqsadlari haqida so‘zlab berishdi.

Boshqa yangiliklar