Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchisi fransuz tili yo‘nalishi talabalari bilan uchrashdi
Elchi Ualid Fuk UrDUda fransuz tili o‘qitilishi bilan tanishdi hamda talabalarning bilim darajasi va ijodiy chiqishlariga yuqori baho berdi.
-
Rasmiy uchrashuvdan so‘ng, Fransiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ualid Fuk Urganch davlat universitetining Filologiya va tillarni o'qitish: fransuz tili ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda professor-o‘qituvchilari bilan muloqot qildi. Uchrashuvda fransuz tilining universitetda o'qitilish jarayonlari haqida atroflicha ma'lumotlar berildi.
Talabalar tomonidan fransuz tilida namoyish etilgan ijodiy chiqishlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Elchi janoblari talabalarning tilni puxta egallagani, erkin muloqot qila olishi hamda fransuz madaniyatiga bo‘lgan yuksak qiziqishini alohida e’tirof etib, o‘zining ijobiy taassurotlarini bildirdi.