WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
16 AprelAprelAprel 2026 10 ko'rishlar

Yevropaning nufuzli universiteti bilan yangi hamkorlik

Fan va texnologiyalar universiteti va Polshaning Bialystok texnologiya universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Polshaning shimoli-sharqidagi yetakchi oliy ta’lim muassasasi — Bialystok texnologiya universiteti (Bialystok University of Technology) rahbariyati Fan va texnologiyalar universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuv doirasida ikki oliygoh o‘rtasida istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilinib, rasmiy memorandum imzolandi.

Tashrifning asosiy natijalari

Ushbu kelishuvga ko‘ra, universitetlar o‘rtasida quyidagi 4 ta asosiy yo‘nalish bo'yicha qo‘shma ta’lim dasturlari va talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi:

  • Muhandislik

  • Axborot texnologiyalari (IT)

  • Energetika

  • Logistika

Shuningdek, muzokaralar davomida professor-o‘qituvchilarning xalqaro stajirovkasini tashkil etish bo‘yicha ham muhim kelishuvlarga erishildi. Bu hamkorlik universitetimiz talabalari va jamoasi uchun Yevropa ta’lim standartlari sari tashlangan navbatdagi muhim qadamdir.

Bialystok texnologiya universiteti haqida qisqacha ma'lumot:

  • Tarixi: 1949-yilda tashkil etilgan.

  • Reytingi: "QS World University Rankings 2026" natijalariga ko‘ra, Sharqiy Yevropada 73-o‘rinni egallaydi.

  • Xalqaro mobillik: Xalqaro talabalar almashinuvi bo‘yicha Polshada 1-o‘rinda turadi.

  • Infratuzilmasi: 6 ta fakultet va zamonaviy laboratoriyalarga ega bo‘lib, sanoat bilan integratsiyalashgan (dual education) ta’lim tizimi bilan ajralib turadi.

Mazkur hamkorlik talabalarimizning nafaqat kuchli nazariy bilimga ega bo'lishlari, balki kelajakda xalqaro darajadagi yetuk amaliyotchi mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.

Kelajagingizni biz bilan birga, bugundan boshlang!

Boshqa yangiliklar