23 AprelAprelAprel 2024
27 ko'rishlar
Xorijlik olimlar ma’ruzalar o‘qimoqda.
Bugun Rossiyaning Qozon federal universiteti Yelabuga institutining bir guruh olimlari Farida Gabudullina, Ilzara Gibadulina, Farida Gazizovalar Qo‘qon davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdilar.
Institutning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Nigora Qodirova bilan uchrashgan mehmonlar oliygohlar o‘rtasida o‘rnatilgan mustahkam hamkorlik aloqalarini alohida qayd etdilar.
Olimlar 29-aprelga qadar “Jahon adabiyoti”, “Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish”, “Tarbiyachining kasbiy kompetentligi va mahorati” fanlaridan O‘zbek tili va adabiyoti hamda Maktabgacha ta’lim fakulteti talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi.