Urganch davlat universitetida xalqaro matematika konferensiyasining so‘nggi kuni bo‘lib o‘tmoqda
Urganch davlat universitetida “Diofant yaqinlashtirishlari va tutash masalalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyaning yakuniy kuni davom etmoqda. Unda turli mamlakatlardan taniqli olimlar zamonaviy matematikaning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar qilmoqda.
Ayni paytda Urganch davlat universitetida “Diofant yaqinlashtirishlari va tutash masalalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyaning so‘nggi kuni bo‘lib o‘tmoqda.
Konferensiya dasturiga muvofiq, bugun Polshaning Adam Mitskevich universiteti olimi William Mance, Rossiyaning Moskva davlat universiteti olimi Artem Chebotarenko, Rossiya Fanlar akademiyasining Steklov nomidagi Matematika instituti olimi Irina Rezvyakova, Buyuk Britaniyaning York universiteti olimi Evgeniy Zorin, AQShning Klaremont Makkenna kolleji olimi Lenny Fukshansky hamda Avstriyaning Vena texnika universiteti olimi Nikolay Moschevitin tomonidan zamonaviy matematikaning dolzarb yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalar tinglanmoqda.
Ma’ruzalar davomida matematikaning zamonaviy yo‘nalishlari, dolzarb ilmiy masalalar va so‘nggi tadqiqotlar yuzasidan fikr va mulohazalar almashilmoqda.
Bugun kunning ikkinchi yarmida konferensiya ishtirokchilariga sertifikatlar topshirish marosimini o‘tkazish rejalashtirilgan.