05 AvgustAvgustAvgust 2025
28 ko'rishlar
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” bayramona konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 2-avgust kuni Qo‘qon shahridagi “Yoshlar” bog‘ida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan bayramona konsert dasturi yuksak ruhda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi!
Tadbirda mashhur san’atkorlar, iqtidorli yoshlar va mehmonlar ishtirok etdi. Tomoshabinlarga unutilmas musiqiy lahzalar, yorqin chiqishlar va iliq tuyg‘ular taqdim etildi.
Dastur davomida Vatanga bo‘lgan sadoqat, birlik va hamjihatlik g‘oyalari musiqiy chiqishlar orqali teran ifoda etildi.