15 DekabrDekabrDekabr 2025
156 ko'rishlar
Jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash tadbirlari davom etmoqda
Gumanitar fanlar va tillar fakultetida talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish hamda “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir davomida mutaxassislar korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy ongni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, ma’ruzalar va hujjatli lavhalar orqali yoshlar jinoyatchilikning salbiy oqibatlari va huquqbuzarlikni oldini olish yo‘llari bilan yaqindan tanishdi.