26 SentabrSentabrSentabr 2025
75 ko'rishlar
Qo‘qon davlat universitetida qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi
Qo‘qon davlat universitetida Rossiyaning V. Korolenko nomidagi Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlariga kirish sinovlari o‘tkazildi.
Onlayn tarzda tashkil etilgan ushbu imtihonlar hamkor oliy ta’lim muassasasi vakillari tomonidan “Maxsus pedagogika: Logopediya” bakalavriat yo‘nalishi hamda “Maxsus pedagogika: Logopediya” magistratura bosqichi uchun o‘tkazildi.