WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
10 AprelAprelAprel 2026 13 ko'rishlar

💯 Energiya, birlik va haqiqiy talabalar ruhi — barchasi bir joyda!

📣 Yoshlar kuni doirasida Olmaliq davlat texnika instituti Energetika va mashinasozlik fakulteti hududidagi 1-sonli Talabalar turar joyi bu gal ham an’anaviy “Gulxan atrofida” tadbiri bilan jonlandi.

🌙 Kechani iliqlik va samimiyat qamrab oldi: ochiq muloqotlar, dilga yaqin kuy-qo‘shiqlar va chin do‘stona suhbatlar — bularning barchasi talabalar hayotining eng yorqin lahzalariga aylandi.



🟢 Tadbirning eng shirin nuqtasi esa — birgalikda tayyorlanib, jamoaviy tanovul qilingan osh bo‘ldi. Bu nafaqat taom, balki birdamlik va hamjihatlik timsoliga aylandi.

🔥 “Gulxan atrofida” — bu oddiy tadbir emas. Bu — yoshlar qalbini birlashtiradigan, unutilmas xotiralar yaratiladigan maskan.

Bizda talabalar hayoti faqat dars bilan cheklanmaydi. Bu yerda do‘stlik, motivatsiya va haqiqiy talabalik zavqi yashaydi!

Boshqa yangiliklar