WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
15 IyunIyunIyun 2026 10 ko'rishlar

UrDU talabalari uchun Xitoyda ta’lim olish imkoniyati: yangi qo‘shma dastur yo‘lga qo‘yilmoqda

Urganch davlat universitetida Xitoyning Xuzhou texnika universiteti va XCMG korporatsiyasi bilan hamkorlikda "2+1+1" qo‘shma dasturi bo‘yicha talabalar bilan muloqot o‘tkazildi.

  • Bugun Urganch davlat universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori G‘.Raximov hamda Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i O.Sotiboldiyev Texnika fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuvda Xitoyning Xuzhou texnika universiteti hamda XCMG kompaniyalar guruhi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilayotgan "2+1+1" qo‘shma ta’lim dasturi haqida batafsil ma’lumot berildi.
    Ta’kidlanganidek, 2026–2027-o‘quv yilidan boshlanadigan ushbu dastur dual ta’lim tamoyillariga asoslangan bo‘lib, uning doirasida texnika va mashinasozlik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 20 nafar talaba Xitoyda o‘qish imkoniga ega bo‘ladi. Muloqot davomida talabalarga xorijda ta’lim olish tartibi, amaliyot jarayonlari va yashash sharoitlari haqida tushuntirishlar berilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.


Boshqa yangiliklar