WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
26 YanvarYanvarYanvar 2026 16 ko'rishlar

TA’LIM VA MADANIYAT ALMASHINUVI

TA’LIM VA MADANIYAT ALMASHINUVI

Bugungi globallashuv davrida ta’lim jarayoni nafaqat bilim berish, balki shaxsni har tomonlama kamol toptirishga xizmat qiluvchi asosiy vositaga aylanmoqda. Bu jarayonda ta’lim va madaniyatning o‘zaro uyg‘unligi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki zamonaviy mutaxassis nafaqat o‘z sohasining bilimdoni, balki turli madaniyatlarni anglay oladigan, xalqaro muhitda erkin muloqot qila oladigan yetuk shaxs bo‘lishi lozim. Shu sababli ta’lim va madaniyat uyg‘unligi yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni global tafakkur asosida tarbiyalash va ilmiy-amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Dastur davomida biz O‘zbekiston va Indoneziya universitetlaridagi ta’lim tizimidagi farqlarni o‘rgandik. Masalan, Indoneziyadagi universitetda laboratoriya mashg‘ulotlari uchun ko‘proq vaqt ajratilgan, darslar interaktiv olib borilgani bois talabalar darslarda juda faol. Bu esa biz uchun qiziq va foydali tajriba bo‘ldi. Mashg‘ulotlar davomida bizga turli vaziyatli masalalar berildi va guruhlar bilan ularni muhokama qilish imkoniyati yaratildi. Shu jarayonda har birimiz o‘z fikrimizni erkin bildira oldik. Ayniqsa, o‘qituvchilar olib borayotgan ilmiy tadqiqotlarda ham bevosita ishtirok etganimiz har tomonlama manfaatli bo‘ldi.

Boshqa yangiliklar