Buxoro davlat texnika universitetida magistrlariga diplomlar topshirildi.
Buxoro davlat texnika universitetida magistratura bosqichi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchi magistrlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.






✍️ Marosimni universitet rektori Sadoqat Siddiqova kirish so‘zi bilan ochib, magistrlarni erishgan yutuqlari bilan samimiy muborakbod etdi. Rektor o‘z nutqida bitiruvchilarga kelgusidagi ilmiy izlanishlari, kasbiy faoliyati va Vatan ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Joriy yilda Buxoro davlat texnika universitetining magistratura bosqichini 36 ta mutaxassislik bo‘yicha tahsil olgan 127 nafar magistr muvaffaqiyatli tamomlab, hayotlarining yangi va mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘ydi.