TDYUning 99 nafar magistriga diplomlar topshirildi
2022/2023-o‘quv yili (qishki qabul)da Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichini tamomlagan bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda TDYU rektori v.v.b., professor, yuridik fanlari doktori Islambek Rustambekov, universitetning Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti dekani Otabek Bobojonov, TDYU professor-o‘qituvchilari, talabalar, bitiruvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Marosimda so‘z olganlar huquq magistrlarining kelgusi faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, tadbirda magistrlar ham so‘z olib, berilgan ta’lim, imkoniyatlar va yaratilgan sharoitlar uchun universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Shundan so‘ng marosimning asosiy qismiga o‘tilib, 99 nafar huquq magistriga diplomlar topshirildi.