18 AvgustAvgustAvgust 2026
7 ko'rishlar
Malayziyaning MARA universiteti delegatsiyasi UrDUga tashrif buyurdi
MARA universiteti vakillari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurib, ijodiy ko'rgazma, burchaklar va universitet muzeyi faoliyati bilan tanishdilar.
Malayziyaning MARA universiteti delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi va universitet rahbariyati tomonidan samimiy kutib olindi. Mehmonlar uchun maxsus tanishtiruv dasturi tashkil etilib, unda talabalar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi hamda “Ustozlar — bizning faxrimiz” burchagi namoyish etildi. Shuningdek, malayziyalik talabalar universitet muzeyida bo'lib, UrDU tarixi, ilmiy-pedagogik faoliyati va yillar davomida erishilgan yutuqlarga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.