UrDUda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti delegatsiyasi bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Urganch davlat universitetiga qozog‘istonlik olimlar tashrif buyurib, yengil sanoat, to‘qimachilik va kimyoviy texnologiyalar sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Bugun, 25-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga Qozog‘iston Respublikasining Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti vakillari — t.f.n., dotsent R.Kaldibayev hamda t.f.n., dotsent A.Yeshchanov tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Gʻ.Oʻrazboyev bilan uchrashdilar. Muloqot markazida quyidagi masalalar turdi:
-
Ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma ilmiy loyihalarda ishtirok etish;
-
Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
-
Yengil sanoat va to‘qimachilik yo‘nalishlarida ta’lim sifatini oshirish;
-
Innovatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish.
Kimyoviy texnologiyalar fakulteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tgan muzokaralar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi do‘stona va professional aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.