Chexiya vakillari talabalarning ijodi va sport yutuqlari bilan tanishdi
Qo‘qon davlat universitetiga tashrif buyurgan Chexiya Respublikasining Liberes universiteti delegatsiyasi San’at va sport fakulteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlarga fakultetda olib borilayotgan ijodiy va sport ishlari, talabalar erishayotgan yutuqlar, o‘quv jarayoniga joriy etilgan innovatsion yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Delegatsiya a’zolari fakultet talabalari tomonidan yaratilgan badiiy ijod namunalari, musiqa va teatr ijrolari bilan tanishdilar.
Uchrashuv chog‘ida mehmonlar Qo‘qon davlat universitetida yaratilgan ijodiy muhit va yoshlarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlarni yuksak baholadilar.
Tashrif Liberes universiteti va Qo‘qon davlat universiteti o‘rtasidagi madaniy, ijodiy va ilmiy aloqalarni yanada kengaytirish uchun muhim qadam bo‘ldi.