⚡️“Ijodkorlar kuni” doirasida ijodiy uchrashuvlar davom etmoqda.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyati bo‘limi, Namangan davlat pedagogika insituti hamkorligida tashkil etilgan Ijodkor yoshlar klubining bu galgi mehmoni serqirra ijodkor Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Isoqjon Nishonov bo`ldi.
Adabiy uchrashuvni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A. Abdurahmonov olib bordi. Ushbu tadbirda Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi yetakchi mutaxassisi Ruqiya G’oziyeva, ijodkor Sodiq Sayxun, Ruxsora Isaqova, Adiba Xushròy singari shoiralar hamda ijodkor talabalar ishtirok etdilar.
Dastlab, Isoqjon Nishonov tomonidan adabiyot haqida xususan, roman yaratilishi haqida fikr yuritildi. Ijodkor talabalar tomonidan yozuvchini asarlari tahlil qilindi. Adabiy uchrashuv soʻnggida yozuvchi hayoti va ijodi haqida savol-javoblar boʻlib oʻtdi.