Xitoy delegatsiyasi UrDU Texnika fakultetidagi innovatsion loyihalar bilan tanishdi
Xitoyning XCMG kompaniyasi delegatsiyasi Texnika fakultetida bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy laboratoriyalar va yoshlarning ilmiy ishlanmalarini ko‘zdan kechirdi.
Bugun Urganch davlat universitetiga tashrif buyurgan Xitoy Xalq Respublikasining XCMG kompaniyalar guruhi delegatsiyasi rektor Feruza Madrahimova hamrohligida Texnika fakultetida bo‘ldi. Tashrif davomida mehmonlar talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy laboratoriya imkoniyatlari hamda ilmiy-innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
Delegatsiya a’zolari talabalar tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy loyihalar, innovatsion ishlanmalar va zamonaviy texnik yechimlarga alohida qiziqish bildirdilar. Ushbu tanishuv jarayoni xitoylik mutaxassislarda talabalarning texnik va ishlab chiqarish yo‘nalishidagi salohiyati borasida ijobiy taassurot qoldirdi.